Maykl «Venom» Peyj rasmiy ravishda UFCdagi chiqishlarini amaldagi shartnomasi tugagach yakunladi.
Nursulton Ruziboev ustidan qozonilgan gʻalaba va ketma-ket toʻrt gʻalabaga qaramay, Dana White britaniyalik bilan yangi shartnoma imzolanishini tasdiqlamadi. Peyj UFCni 5-1 natija bilan tark etmoqda.
Jeyk Pol vaziyatga deyarli darhol munosabat bildirib, Peyjni 2027-yilda PFL bilan yangi brend ostida birlashishi rejalashtirilgan MVP MMA ga qo‘shilishni taklif qildi.