Yaponiyalik faxriy Kyoji Xoriguchi Qatarning Dohadagi UFC Qatar turnirida qozogʻistonlik Asu Almabaevni magʻlub etdi. Eng engil vazn toifasidagi ikki yetakchi jangchining oʻrtasidagi bahs chempionlik kamariga asosiy daʼvogarlar qatoriga kirish uchun muhim bosqich boʻldi.
Dohadagi UFC Fight Night 294 turnirida eng engil vazn toifasidagi eng kutilgan bahslardan biri boʻlib oʻtdi.
Yaponiyalik jangchi Kyoji Xoriguchi qozogʻistonlik Asu Almabaevni magʻlub etdi, uning ketma-ket uchta muvaffaqiyatli chiqishlar seriyasini toʻxtatdi.
Uchrashuv oldidan sportchilar UFC reytingida qoʻshni oʻrinlarni egallagan edi: Xoriguchi beshinchi oʻrinda, Almabaev esa yettinchi oʻrinda joylashgan edi.
36 yoshli yaponiyalik uchun bu jang alohida ahamiyatga ega edi. Iyun oyida u Manel Kape tomonidan erta magʻlubiyatga uchragan va endi chempionlik kamariga asosiy daʼvogarlar qatoriga qaytishga intilgan edi.
Xoriguchi UFC, Bellator va RIZIN dagi chiqishlari tufayli yakkakurash ixlosmandlariga yaxshi tanish. Yaponiyalik oʻz faoliyati davomida bir nechta yirik tashkilotlarda chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritgan.
Almabaev esa, aksincha, turnirga gʻalabali seriya bilan kelgan edi. 2025-yil mart oyida Manel Kape tomonidan magʻlubiyatga uchraganidan keyin qozogʻistonlik ketma-ket uchta jangda gʻalaba qozongan va asta-sekin divizionning kuchli beshlik jangchilari qatoriga yaqinlashgan edi.
Endi Xoriguchi oʻz oʻrnini chempionlik poygasida mustahkamlashni rejalashtirmoqda, Almabaev esa gʻalabali yoʻlga qaytishi kerak boʻladi.