14-noyabr kuni Yas orolidagi Etihad Arena maydonida RAF Abu Dhabi – Real American Freestyle tashkilotining Yaqin Sharqdagi debyut turniri boʻlib oʻtdi.
Dastlab asosiy jangda Xamzat Chimaev Kolbi Kovington bilan toʻqnash kelishi kerak edi, ammo amerikalik jarohati tufayli turnirdan voz kechdi. Uning oʻrniga sobiq UFC chempioni Kris Vaydman keldi.
Chimaev jangni ishonchli oʻtkazdi. Birinchi davra 5:0 hisobida yakunlandi, ikkinchi davra boshida esa Xamzat ustunlikni oʻn ballga yetkazdi va texnik ustunlik bilan 10:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Arman Tsarukyan Neyman Greysini yanada tezroq magʻlub etdi. U birinchi davrada oʻn javobsiz ball toʻpladi va uchrashuvni texnik ustunlik bilan yakunladi.
Kechning eng muhim qaytishlaridan biri Zabit Magomedsharipovning chiqishi boʻldi. Sobiq UFC daʼvogari Giga Chikadze bilan uchrashdi va ikkinchi davrada erta gʻalaba – tush bilan yakunladi.
Abdulrashid Sadulaev tarang jangda Olimpiya oʻyinlari sovrindori Dauren Kuruglievni 8:5 hisobida magʻlub etdi.
RAF Abu Dhabi natijalari:
- Xamzat Chimaev Kris Vaydmanni magʻlub etdi – 10:0, texnik ustunlik;
- Arman Tsarukyan Neyman Greysini magʻlub etdi – 10:0, texnik ustunlik;
- Zabit Magomedsharipov Giga Chikadzeni magʻlub etdi – ikkinchi davrada tush;
- Abdulrashid Sadulaev Dauren Kuruglievni magʻlub etdi – 8:5;
- Kayl Deyk Alp Arslan Begendjovni magʻlub etdi – 10:0, texnik ustunlik;
- Saba Lazishvili Yuraya Feyberni magʻlub etdi – 12:7;
- Jordan Barrouz Azamat Nurikouni magʻlub etdi – 9:0;
- Kayl Snayder Shamil Erdoganni magʻlub etdi – 11:0, texnik ustunlik;
- Murtaza Talxa Osamu Elsaydini magʻlub etdi – 10:4;
- Diana Avsaragova Julianna Penyani magʻlub etdi – tush;
- Merab Dvalishvili Marlon Moraesni magʻlub etdi – tush, 1:30;
- Zahid Valensiya Xidir Saypudinovni magʻlub etdi – 4:2;
- Kennedy Bleyds Bella Mirni magʻlub etdi – 10:0, texnik ustunlik.
RAF Abu Dhabi tashkilotning Yaqin Sharqdagi birinchi turniri boʻldi va RAFning Abu-Dabi Madaniyat va Turizm Departamenti hamda BAA Kurash Federatsiyasi bilan besh yillik hamkorligi doirasida oʻtkazildi.